» » AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dorilar sinovida 20 kishi vafot etdi. Tajriba to‘xtatilgan

AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dorilar sinovida 20 kishi vafot etdi. Tajriba to‘xtatilgan


AQShda bezgakka qarshi xloroxin preparatini koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llash bo‘yicha sinovlar to‘xtatildi. Tajribalar vaqtida avval taxmin qilinganidek, ayrim bemorlarda yuragida muammolar kuzatildi va 20 nafar ko‘ngilli ushbu holat oqibatida vafot etdi. Tadqiqot natijalari 24-aprel, juma kuni, Amerika tibbiyot assotsiatsiyasining jurnalida e’lon qilingan.

Sinovlarda 81 nafar odam ishtirok etgan. Koronavirus bilan kasallangan va ushbu dori orqali tuzalishni istagan bemorlarga 10 kun davomida xloroxindifosfat yuborilgan. Bemorlar ikki guruhga bo‘lingan va biriga katta doza, boshqasiga esa nisbatan yuqori bo‘lmagan dozada dori jo‘natilgan. Birinchi guruhda avvaliga kasallikning og‘ir o‘tishi 50 foizga kamaygan, ammo uzoq vaqt o‘tmay olimlar preparatning virusga yuqori konsentratsiya bilan ta’sir qilishi mumkinligi, ammo bu organizmda aks ta’sir uyg‘otishini aniqlagan.

“Ushbu tadqiqotning dastlabki natijalaridan kelib chiqib, CQ’ning nisbatan yuqori dozasini COVID-19 bilan kasallangan og‘ir ahvoldagi bemorlarga bermaslik tavsiya qilinadi, sababi preparat odam sog‘lig‘ini xavf ostida qoldirishi mumkin”, — deyiladi tadqiqot xulosalarida.

Mavzuga doir: 

CNBC nashri AQSh prezidenti Donald Trampning ushbu dori vositasini brifinglar davomida “reklama” qilganini, keyinchalik olimlar Oq uyni bu kabi bayonotlar uchun tanqid qilganini eslatgan. Shuningdek, Tramp olimlardan yana bir narsani, ya’ni “nafas yo‘llarini dezinfeksiya qilish” koronavirusga qarshi kurashda qanchalik samara berishini aniqlashni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 01:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют