» » Karantinda mingdan ortiq oilaga ko‘mak bergan andijonlik tadbirkor yana 300 ta oilani qaramog‘iga oldi

Karantinda mingdan ortiq oilaga ko‘mak bergan andijonlik tadbirkor yana 300 ta oilani qaramog‘iga oldi


Karantin davrida mingdan ortiq oilaga oziq-ovqat tarqatgan andijonlik tadbirkor yana 300 ta oilani qaramog‘iga oldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan faoliyatini boshlagan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati andijonlik 100 dan ortiq yosh tadbirkor tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Va ular 3 oy mobaynida 500 tagacha oilani o‘z qaramog‘iga olishni maqsad qilgan.

Viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyor Holmirzayevning qo‘shimcha qilishicha, Prezident tomonidan joriy yil 20-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ilgari surilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini birinchi bo‘lib, yosh tadbirkor Abdulloh Madaminov boshlab bergan.

Karantin davrida mingdan ortiq oilaga ko‘mak bergan tadbirkor yana 300 ta oilani qaramog‘iga olgan. 23-aprel kuni uning dastlabki homiyligi asosidagi xayriyalari ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilgan.

“Barchamiz uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi ham kirib keldi. Bu oyda ehtiyojmand va muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish ham qarz, ham farzdir. Shuning uchun nafaqat tadbirkor sifatida balki, insoniylik jihatdan ham qo‘ni-qo‘shnilarimiz va yaqinlarimizga yaxshilik qilishni maqsad qilib qo‘ygandim. Yurtboshimiz tashabbusi esa bu ishlarimni yanada oldinga siljishiga turtki bo‘ldi. Bunday sinovli kunlarda barcha qatori o‘z hissamni qo‘shayotganimdan xursandman,” – deydi Abdullo Madaminov.

Yana bir tadbirkor Azizbek Omonov esa o‘zi saylangan okrug hududidagi 70 ga yaqin oilani qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan. “Jajji yulduzlar” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Mirjahon Hakimov esa 100 ta xonadonga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Imkoniyatidan kelib chiqib, qaysidir tadbirkor bir oyda misol uchun 10 ta, boshqa biri esa 20 ta oilaga ko‘maklashishi, eng muhimi muhtoj oilalar a’zolarini ishga jalb qilishi mumkin. Davlat tomonidan bunday tadbirkorlarga soliq, lizing, kredit to‘lovlari, zarur resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha turli imtiyoz va preferensiyalar beriladi. Ya’ni bu aholiga davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlari orqali ko‘rsatiladigan saxovat va ko‘mak bo‘ladi”, — degandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati yangi tariximiz sahifalaridan mustahkam o‘rin oladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют