» » “O‘zdavkarantin” hosilni nobud qiluvchi zararkunandalarni oldindan aniqlash mumkinligini aytdi

“O‘zdavkarantin” hosilni nobud qiluvchi zararkunandalarni oldindan aniqlash mumkinligini aytdi


Dalalardagi feromon tutqichlar orqali zararkunandalarni oldindan bilib, ularga qarshi kurashish mumkin. Bu haqda 24-aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi vakili Durdona Ochilova ma’lum qildi.

Inspeksiya axborot xizmati rahbarining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda meva-sabzavot va tekstil mahsulotlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab korxonalar faoliyati ham koronavirus pandemiyasi tufayli butunlay yoki qisman masofadan ishlash tizimiga o‘tgan. Shu bois inspeksiyasining ham barcha shartnomalari to‘liq onlayn offerta tizimida yuritilmoqda.

Ochilova brifing davomida uch yil avval 10 gektar maydonda bog‘ tashkil etgan bog‘bonning “Zararkunandalar hosilni nobud qilishini oldindan aniqlash imkoni mavjudmi?” degan savoliga shunday javob berdi:

“Respublikaning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi o‘nga yaqin tumanda BMTning O‘zbekistondagi rivojlantirish dasturi doirasida signallar yordamida hasharotlarning harakatlanishi orqali ularning populyatsiyasini aniqlash xususiyatiga ega jami 9 ta zamonaviy meteostansiyalar tashkil qilindi. Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida ham shunday meteostansiyalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Bahorgi mavsum dala nazorati uchun muhim davr bo‘lgani bois inspeksiyaning tuman agronom-inspektorlari tomonidan har bir gektar uchun dalada feromon tutqichlar qo‘yilmoqda. Bunday usul zararkunandalarning dalada mavjud ekanligini, qachon va qancha miqdorda kimyoviy qarshi kurashish ishlari amalga oshirilishi lozimligini ko‘rsatadi. Hozirda mamlakat bo‘yicha 11 mingdan ortiq feromon tutqichlar eksport mahsulotlari yetishtiriladigan dalalarga tarqatilgan bo‘lib, umumiy 30 mingta qo‘yilishi ko‘zda tutilgan”, — dedi Durdona Ochilova.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют