» » Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi takrorlanishini inkor etdi

Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi takrorlanishini inkor etdi


Sechenova nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti immunologiya, virusologiya va mikrobiologiya kafedrasi mudiri Vitaliy Zverev yana bir koronavirus pandemiyasi sodir bo‘lishi ehtimolining juda past ekanini qayd etdi. Olim bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova o‘tkazgan yig‘ilishda gapirgan, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

Virusolog kelajakda butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin o‘sib ketmasligi, sababi Yer shari aholisining 15-20 foiz qismida kasallikka qarshi immunitet shakllanayotganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin cheklovlarini asta-sekin bekor qilayotgan mamlakatlarda aholining beshdan bir qismida immunitet hosil bo‘lgan.

“Shu sababli bizda ham yana kasallanish holati hozirgidek yuqori bo‘ladi, degan gap-so‘zlardan qo‘rqmaslik kerak. Menimcha, keyinchalik hozirgi darajadagi epidemiya bo‘lmaydi”, — degan u.

Avval “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova koronavirus pandemiyasini bekor qilish uchun asosiy talab nima ekanligini oshkor etgandi. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra koronavirusning odamdan odamga yuqishi aholining 60 foizida infeksiyaga qarshi immunitet shakllanganda to‘xtashi mumkin.

24-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada bir sutka ichida 5849 ta kasallanish holati qayd etilgan. COVID-19’ga chalinganlarning asosiy qismi Moskva shahri va Sankt-Peterburgda yashaydi. Mamlakat miqyosida koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 68 mingdan oshib ketgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют