» » XVJ koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga ajratadigan krediti uchun qo‘shimcha shart qo‘ymasligi ma’lum qilindi

XVJ koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga ajratadigan krediti uchun qo‘shimcha shart qo‘ymasligi ma’lum qilindi


Xalqaro valyuta jamg‘armasi 375 million dollar miqdorida kredit ajratishda O‘zbekistonga qo‘shimcha shart qo‘ymaydi. Bu haqda moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi

Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistonga kredit ajratishga rozilik bergani haqida 23-aprel kuni bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qilgan edi. “Odatda Xalqaro valyuta jamg‘armasi hukumatlarga kredit ajratmaydi, biroq hozirgi vaziyatdan kelib chiqib ular O‘zbekistonga 375 million dollar berishga rozi bo‘ldi”, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqovning ta’kidlashicha, kredit ajratishda XVJ O‘zbekistondan uning ko‘magida amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishni so‘raydi.

“XVJ 375 million dollar miqdorida qarz taklif qildi, bu O‘zbekiston tomonidan jamg‘armaga to‘lanadigan a’zolik badalining yarmi. Biz hozir bu taklifni ko‘rib chiqyapmiz. Bu siz o‘ylayotgan shartlar emas. Agar boshqa davlatlarda avval bo‘lgan inqirozlarga qaraydigan bo‘lsak, Turkiya XVJning ba’zi talablarini bajarish sharti bilan kredit olgan, Argentina, Vengriya, Latviya va boshqalar ham. Turli mamlakatlar inqirozlar vaqtida XVJga murojaat qilgan va bir necha milliardlik kreditlar olgan. Biroq o‘shanda ko‘plab islohotlar bo‘yicha XVJ bilan kelishish kerak bo‘lgan. U kreditlarning rejalashtirilayotgan 375 million dollarlik kreditdan farqi shundaki, bu pullar koronavirus sababli davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga ajratiladi”, — deya ma’lum qilgan vazir o‘rinbosari.

Moliya vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, XVJ qo‘shimcha shartlar qo‘ymaydi. Jamg‘arma O‘zbekistondan boshlangan islohotlarni davom ettirishni so‘raydi.

Jahon banki

Moliya vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Jahon bankining 200 million dollarlik krediti kutilmoqda. Taklif Jahon banki direktorlari tomonidan aprel oyi oxirida ma’qullanganidan keyin mablag‘lar may oyidan kelib tushishni boshlaydi.

Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi

Odilbek Isoqovning so‘zlariga ko‘ra, Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi energetika sohasidagi islohotlarga kredit ajratadi.

JICA

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga kreditlar ajratdi. Bu mablag‘lar issiqxonalar qurilishiga, paxta va bug‘doy yetishtirish o‘rniga qo‘shimcha qiymatga ega meva-sabzavot yetishtirish uchun yo‘naltiriladi.

Avvalroq Moliya vazirligi O‘zbekiston hukumati tomonidan 2019-yilda jalb qilingan qarz miqdorini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston Prezidentining 22-aprelda imzolagan qaroriga ko‘ra, pandemiya oqibatlarini kamaytirish uchun 2020-yilda 3,1 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют