» » Saakashvili Zelenskiyning bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallash haqidagi taklifini qabul qildi

Saakashvili Zelenskiyning bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallash haqidagi taklifini qabul qildi


Gruziya sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq rahbari Mixail Saakashvili prezident Vladimir Zelenskiyning bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallash hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan ishlash bo‘yicha bildirgan taklifini qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bergan.

“Men prezident Zelenskiyning taklifini qabul qildim”,— degan “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi a’zolari bilan uchrashuv oldidan jurnalistlar bilan suhbatda Saakashvili.

Mixail Saakashvili yangi lavozimda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan muzokaralar olib borish ishlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanishini aytib o‘tdi.

“Ukrainaning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi tarafdoriman, shuningdek, mamlakatning o‘z sharoitlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga kirishini istayman”,— deya qo‘shimcha qilgan u.

Oliy Rada Saakashvili nomzodini 24-aprel kuni navbatdan tashqari majlisida ko‘rib chiqishi rejalashtirilgandi, biroq Odessa sobiq hokimi yig‘ilishda ushbu masala ko‘rib chiqilmasligini bildirgan.

Mavzuga doir: Saakashvili Ukraina beshta mustaqil davlatga parchalanib ketishi mumkinligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2019-yilning may oyida Mixail Saakashviliga mamlakat fuqaroligini qaytargan. Natijada Gruziya sobiq prezidenti Kiyevga qaytib siyosat bilan shug‘ullanishga kirishgandi. 2020-yil 22-aprelda uning Ukraina hukumati tarkibiga kirishi ma’lum qilindi. Ayni vaqtda Ukraina hukumatida islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimi yo‘q, biroq yaqin vaqt ichida joriy etilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют