» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 665 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 665 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 9 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bishkek va O‘sh shaharlarida — 4 nafardan, Chuy viloyatida — 1 kishida koronavirus aniqlangan. Natijada mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning jami soni 665 kishini tashkil etmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda statsionarlarda 312 bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafari jonlantirish bo‘limida.

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 8 kishi COVID-19 qurboniga aylandi, jami 345 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 612 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda esa 25-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1836 nafarni tashkil etmoqda.  Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 621 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют