» » O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga beriladigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdori oshirildi

O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga beriladigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdori oshirildi


Prezident 24-aprel kuni “Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Qarorga muvofiq SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlarining:

Mazkur moddiy rag‘batlantirish choralari 2020-yilning 16-martidan boshlab, respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari rasman to‘xtatiladigan oy yakuniga qadar amal qiladi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda agentlik va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlari uchun oylik lavozim maoshiga nisbatan 6 foiz miqdorida kunlik qo‘shimcha to‘lov, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa ustamalarni olish huquqi saqlanib qoladi.

Qarorga ko‘ra, agentlikning markaziy apparatida moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish boshqarmasi tashkil etildi.

Qaror bilan bosh davlat sanitariya vrachlariga karantin davrida davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va boshqa xodimlarini jalb qilgan holda epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish huquqi berildi.

Karantin davrida vaqtinchalik otryadlar tarkibiga jalb etilgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyidagi mehnatga haq to‘lash tartibi, shartlari va miqdorlari saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Mavzuga doir: Moliya vazirligi: Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar vaqtida o‘tkazib berilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют