» » AQShda o‘tgan bir sutka ichida 3,3 mingdan ortiq bemor koronavirus oqibatida vafot etdi

AQShda o‘tgan bir sutka ichida 3,3 mingdan ortiq bemor koronavirus oqibatida vafot etdi


AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallangan 3,3 mingdan ortiq bemor vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda o‘tgan bir sutka ichida 3332 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Undan oldingi sutkada ushbu ko‘rsatkich 2139 kishini tashkil etgandi. Butun AQSh bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 51 017 kishiga yetgan.

Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 890 524 ta holat qayd etilgan, o‘tgan bir sutkaning o‘zida 28 819 kishida virus aniqlangan.

Amerikalik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. Avvalroq AQShda koronavirusni davolash bo‘yicha 70 dan ortiq usullar sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQSh Kongressi inqirozga qarshi qariyb 500 mlrd dollarlik yordam dasturini ma’qulladi

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatida ishsiz qolgan amerikaliklarni himoya qilish maqsadida mamlakatga kiruvchi immigrantlar oqimini kamida 60 kunga to‘xtatish haqidagi farmonni imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют