» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 200 ming kishiga yaqinlashib qoldi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 200 ming kishiga yaqinlashib qoldi


Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi qurbonlari soni 200 ming kishiga yaqinlashib qoldi. Bu haqda kasallik tarqalishini federal va mahalliy hukumat, OAV boshqa manbalarga tayanib real vaqtida kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 195 920 kishini tashkil etmoqda. Kasallikka chalinganlar soni 2 790 986 kishiga yetgan bo‘lsa, ularning 781 382 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Yevropada koronavirus vaksinasini odamlarda sinab ko‘rish boshlangan bo‘lsa, Oksford universiteti olimlari tomonidan vaksina hali klinik sinovlardan o‘tkazilmasdan turib ommaviy ishlab chiqarishni boshlab yuborgan. AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dorilar sinovida 20 kishi vafot etganidan so‘ng tajriba to‘xtatilgan.

Avvalroq AQSh Xitoyni koronavirus bilan ilk kasallanish holati haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga chaqirgani ma’lum bo‘lgandi. Italiyalik olimlar esa koronavirusdan vafot etgan bemorlarning o‘limi haqidagi haqiqatlarni oshkor etdi. Isroil tashqi razvedkasi Eron, Iroq, Livan va Suriyani koronavirus haqidagi ma’lumotlar kamaytirib ko‘rsatishga ayblamoqda.

Mavzuga doir: Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi takrorlanishini inkor etdi

O‘zbekistonda esa 25-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1836 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 621 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют