» » Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionati rasman 8-maydan boshlanadigan bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionati rasman 8-maydan boshlanadigan bo‘ldi


Janubiy Koreyada futbol bo‘yicha mamlakat chempionati 8-maydan start oladi. Bu borada Koreya futbol ligasi direktorlar kengashi qaror qabul qildi.

Koreyada mavsum 29-fevral kuni boshlanishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgandi.

Mavsumda jamoalar avval reja qilinganidek 38 o‘yin emas, 27 tadan uchrashuv o‘tkazadi. So‘nggi o‘rinni egallagan jamoa ikkinchi divizionga ravona bo‘ladi. Mavsum avvalida o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Agar mavsum davomida qaysidir jamoa vakilida koronavirus aniqlanadigan bo‘lsa, klub keyingi ikki hafta mobaynida o‘yinlarga qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, K-Ligada Ikrom Aliboyev (“Seul”), Doston Tursunov (“Pusan Ay-Park”) va Rustam Ashurmatov (“Gvangju”) kabi o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradi.

Janubiy Koreyada 10 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirib olgan, qurbonlar soni 240 nafarni tashkil etmoqda. 8,6 mingdan ortiq odam virusdan xalos bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют