» » Olti g‘ildirakli Brabus ikkita Rolls-Royce narxida sotuvga qo‘yildi

Olti g‘ildirakli Brabus ikkita Rolls-Royce narxida sotuvga qo‘yildi


Oldenburgdagi ROSIER Classic Sterne kompaniyasi 15 nusxada yaratilgan Limited Edition G 63 6x6 Brabus B63S-700 yo‘ltanlamaslaridan birini sotuga qo‘ydi. Soliqsiz hisoblaganda mashina narxi 840 ming yevroga baholanmoqda. Bu pulga ikkita Rolls-Royce Cullinan xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Mercedes-Benz G 63 AMG 6x6’ning zavod variantga 544 ot kuchiga ega, yetti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariluvchi 5,5 litrli V8 biturbomotorni taqdim etadi. Mashinaning ostiki qimi va yo‘l yuzasi orasidagi oraliq masofa 460 millimetrni, kirish va chiqish burchaklari juda katta: mos ravishda 52 va 54. Biroq bu ham yo‘ltanlamasning loy yoki qorga botib qolishidan qutqara olmagan. Brabus yanada takomillashib, dvigatel quvvatini 700 kuchga yetgan. Qayta ishlangan olti g‘ildirakli G 63 AMG 6x6 soatiga yuz kilometr tezlikka 4,4 soniyada erisha oladi.

Quvvati oshirilgan PowerXtra CGI va yangi turbokompressorlardan tashqari, G 63 AMG 6x6’ning kuzovi Mystic White Bright rangiga bo‘yalgan, salon elementlari va detallari yangilangan, qo‘shimcha yorug‘lik diod seksiyalari qo‘shilgan, ostidan himoya plastinalari o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют