» » Xitoy hukumati Kim Chen Inning sog‘lig‘i sabab KDXRga shifokorlar yuborgani ma’lum qilindi

Xitoy hukumati Kim Chen Inning sog‘lig‘i sabab KDXRga shifokorlar yuborgani ma’lum qilindi


Xitoy hukumati sog‘lig‘ida muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Pxenyanga tibbiyot mutaxassislari ham bo‘lgan maxsus delegatsiya yubordi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Shimoliy Koreyaning Daily NK nashri Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani, hozirda KXDR yetakchisi sog‘lig‘ini qayta tiklayotganini ma’lum qilgandi.

Reuters’ga ko‘ra ushbu delegatsiyaga Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Tashqi aloqalar bo‘limining yuqori lavozimdagi amaldori rahbarlik qilmoqda. Ular Pekindan KXDRga 23-aprel kuni jo‘nab ketgan.

Biroq XKP Markaziy qo‘mitasi xalqaro aloqalar bo‘limi va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu tashrif hamda Shimoliy Koreya yetakchisi sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi mish-mishlarga hozircha hech qanday izoh bermagan.

Avvalroq CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Prezident Donald Tramp esa Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlarga javob berar ekan, CNN’ga unchalik ishonmasligini bildirgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada 2019-yildan buyon hokimiyatni topshirish uchun favqulodda reja tayyorlanmoqda. Mamlakat tepasiga amaldagi rahbar Kim Chen Inning o‘rniga uning singlisi Kim Yo Chjon kelishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют