» » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 12 ta, Janubiy Koreyada esa 10 ta holat aniqlandi

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 12 ta, Janubiy Koreyada esa 10 ta holat aniqlandi


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti”ning xabar berishicha, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 12 ta holat aniqlandi, 89 kishi tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi.

Bugungi kunda Xitoyda umumiy hisobda 83 899 kishi koronavirusga chalingani tasdiqlangan, kasallanganlarning 78 109 nafari tuzalgan, 4 636 nafari vafot etgan.

Shuningdek, yana 29 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda shunday kishilarning yana 983 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Xitoy hukumati koronavirus bilan kasallanganlar soni oshayotgani sabab Xarbin shahriga kirishni yopib qo‘ydi

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 10 ta holat aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 10 718 kishiga yetdi. O‘tgan sutkada bemorlarning 134 nafari tuzalib, sog‘ayganlarning umumiy soni 8 635 kishiga yetgan.

Shuningdek, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 228 kishida davolanganidan keyin ham organizmida virus qolgani aniqlangan. KCDC virus qaytadan aniqlanishining ehtimoliy sabablarini o‘rganmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakatda yangi kasallanishlar sonining kamayishi sababli hukumat ijtimoiy masofalanish rejimini yengillashtirilgan shaklda 5-maygacha uzaytirdi. Istirohat bog‘lari va dam olish maskanlari qayta ochiladigan bo‘ldi, sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarga o‘z faoliyatini cheklangan holda davom ettirishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, fuqarolardan hali ham gavjum joylarga bormaslik, uydan zaruratsiz chiqmaslik va barcha profilaktik tadbirlarga rioya qilish talab qilinmoqda.

Mavzuga doir: Tayvan va Koreyaning koronavirusni yengish yo‘lidagi muvaffaqiyati sirlari. Ulardan nima o‘rganish mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют