» » Navoiyda Nexia-3 ag‘darilib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Navoiyda Nexia-3 ag‘darilib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi


23-aprel kuni soat 16:30 larda Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tgan A-379 avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

1996-yilda tug‘ilgan H.I. Nexia-3 avtomobilida Navoiy—Zarafshon yo‘nalishida harakatlanayotganida ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda transport vositasi yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib ketgan.

Haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro H.I. 24-aprel kuni soat 11:00 larda jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Aprel oyining to‘rtinchi haftasida odam o‘limi bilan yakunlangan yana bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 20-aprel kuni Muborak tumanida Spark va “Zil” to‘qnashuvi oqibatida 32 yoshli Spark haydovchisi, 21-aprel kuni Boysun tumanida Nexia qo‘ylarni haydab ketayotgan cho‘ponni urib ketishi oqibatida 28 yoshli cho‘pon, Chirchiq shahrida Nexia piyodani urib yuborishi oqibatida 60 yoshli piyoda, Sariosiyo tumanida Captiva velosipedchini turtib yuborib, so‘ng devorga urilishi oqibatida 31 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют