» » O‘zbekistonda 66 mingdan ortiq fuqaro uy sharoitida karantinda saqlanmoqda

O‘zbekistonda 66 mingdan ortiq fuqaro uy sharoitida karantinda saqlanmoqda


AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov 25-aprel holatiga ko‘ra jami 66 415 nafar fuqaro uy sharoitidagi karantinda saqlanayotgani,  Toshkent shahrining o‘zida ular 6 355 nafarni tashkil etayotganini aytib o‘tdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 20 kun ichida karantin qoidalarini buzgan 918 kishi sudlandi, 421 kishi 246 mln so‘m jarimaga tortildi

Ta’kidlanishicha, fuqarolarni nazorat qilish uchun yetarli miqdorda ichki ishlar va Milliy gvardiya tizimi xodimlari jalb etilgan. Shuningdek, matbuot kotibidan oilasi bilan birga uy sharoitida karantinda qolayotgan shaxslarga biriktirilgan xodimlarning xatti-harakati, huquq va majburiyatlari haqida so‘raldi.

Shohrux G‘iyosov karantindagi har bir oilaga biriktirilgan kuch tuzilmalari vakillarining asosiy vazifasi karantinda qolayotgan shaxslarning boshqa shaxslar bilan aloqasining oldini olish, uydan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanini aytib o‘tdi.

“Shuningdek, ichki ishlar xodimlari masofani saqlagan holda kerakli tavsiyalar berishi ko‘zda tutilgan, ular karantin qoidalarini buzganlarga chora ko‘rish huquqiga ega. Zarurat tug‘ilganda xizmat vazifalaridan kelib chiqqan holda kerakli yordam ko‘rsatishlari mumkin”, — dedi matbuot kotibi.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 83 mingdan oshgani haqida xabar berilgan edi. Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida hozirga qadar joriy etilgan barcha karantin cheklovlari 2020-yilning 10-mayiga qadar uzaytirildi va mazkur davrda amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar e’lon qilindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют