» » A.Hayitov: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining yo‘lga qo‘yilishi xalqimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi (video)

A.Hayitov: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining yo‘lga qo‘yilishi xalqimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi (video)


“Samarqand” telekanalining “Kun mavzusi” dasturida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Hayitov Prezident tashabbusi bilan asos solingan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining ahamiyati haqida fikr bildirdi.

“Ushbu ezgu sa’y-harakatning muborak Ramazon oyida amalga oshirilishida ham juda katta ma’no mujassam. Zero bu ayyomda amalga oshiriladigan ehson va xayriyalar manzilli bo‘ladi. Shu bois xayrli tashabbus qanot yoyishi bilanoq partiya elektorati, tadbirkor va fermerlar imkoniyatdan kelib chiqib saxovat ishlarini amalga oshirish istagini bildirmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab yo‘lga chiqqan “Saxovat va ko‘mak” karvoniga Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari hamda mahalliy kengash deputatlari bosh qo‘shib, vaqtincha ishlamayotgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan fuqarolarni aniqlagan holda ularni tomorqadan samarali foydalanishga va bandligini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

Davlat rahbarining xayrli tashabbusiga dehqon va mirishkorlarimiz ham “labbay” deb javob berib, dalada ko‘tarinki kayfiyatda mehnat qilmoqda. Bugungi sinovli kunlarda “Saxovat va ko‘mak” umummilliy harakatiga hissa qo‘shish uchun ishlayaptilar, baholi qudrat qiyin sharoitdagi oilalarga beg‘araz yordam ko‘rsatyaptilar. Aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash barobarida ishsiz fuqarolarning daromad topishiga sharoit yaratib beryaptilar” – dedi A.Hayitov.

Spiker o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining eng faol qismi bo‘lgan tadbirkorlarni “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatidek oliyjanob maqsadlar yo‘lida boshlangan ezgu ishlarda faol bo‘lishga chaqirdi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют