» » O‘zbekiston aholisining limonga bo‘lgan yillik talabi 125 ming tonna ekanligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston aholisining limonga bo‘lgan yillik talabi 125 ming tonna ekanligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda eksport hajmini oshirish maqsadida Hindistonga 37 xil, Janubiy Koreyaga 36 xil, Yaponiyaga 64 xil, Xitoyga 14 xil meva-sabzavotlarni eksport qilishga ruxsat olindi. Bundan tashqari, mazkur mamlakatlarga yana 56 xil mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda 24-aprel, juma kuni, AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Brifingda inspeksiya rasmiysi limon importi tartibiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Respublika hududida yetishtirilmaydigan, aholi talabi, mavsum va salohiyatdan kelib chiqqan holda barcha mahsulotlarning importiga ruxsat borligini ma’lum qilamiz. Xususan, sitrus mevalar shular jumlasidandir.

Masalan, aholining limonga bo‘lgan yillik talabi 125 ming tonna va yurtimizda yillik yetishtirilayotgan limon 30 ming tonna ekanini inobatga olib, may, iyun va avgust oylari uchun O‘zbekistonga xorijdan limon mahsulotlari importiga ruxsat berish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi mahsulotlar uchun eksport qiluvchi mamlakatning o‘simliklar karantini bo‘yicha vakolatli organi tomonidan fitosanitar sertifikat taqdim etilishi lozim. Mazkur sertifikat asosida elektron ariza topshiriladi.

Avvallari bunday murojaatlar 30 kun davomida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, hozirda 3 kun ichida inspeksiyamiz tomonidan karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirib berilyapti.

Durdona Ochilova, “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati rahbari

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют