» » Oyning ilk batafsil goexaritasi taqdim etildi (video)

Oyning ilk batafsil goexaritasi taqdim etildi (video)


NASA olimlari hamda Amerikaning bir qator tadqiqot muassasalari Oyning eng batafsil geologik xaritasini yaratdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmatiga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Yangi xarita estetik funksiyadan tashqari, kelajakda Oyga mo‘ljallangan missiyalarni rejalashtirishda, kosmonavtlarning tadqiqotlarda qiziqish uyg‘otadigan kerakli joyga qo‘nishini ta’mishlashda yordam beradi. Mazkur loyiha ustida NASA, Texasdagi Oy va sayyoralar instituti hamda Arizonadagi Astrogeologiya ilmiy markazi ish olib borgan.

Xaritani yaratishda eski oltita xaritadagi ma’lumotlar birlashtirilgan, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshdan olingan yangi suratlardan foydalanilgan. Yig‘ilgan ma’lumotlarning barchasi geografik dasturiy ta’minot yordamida “tikib chiqilgan”. Olimlar Yerning sun’iy yo‘ldoshi yuzasidagi turli xil obyektlar nomlari va tavsiflarini umumlashtirgan — bunga qadar xaritalar bir-biridan farq qilar edi. Shuningdek, unda kraterlar, yoriqlar, tizmalar va boshqa notekis landshaftlar ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 105) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют