» » Koronavirus sababli Rossiya iqtisodiyoti kuniga 100 mlrd rubl yo‘qotayotgani ma’lum qilindi

Koronavirus sababli Rossiya iqtisodiyoti kuniga 100 mlrd rubl yo‘qotayotgani ma’lum qilindi


Rossiyada COVID-19 kasalligi tarqalishiga qarshi kurash uchun joriy qilingan cheklovlar sababli mamlakat iqtisodiyoti kuniga 100 milliard rubl (1,3 milliard dollar) yo‘qotmoqda. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS”.

Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda Rossiya budjetining defitsiti YaIMning 4,5-5 foizi miqdorida bo‘lishi mumkin, biroq davlatning barcha ijtimoiy majburiyatlari bajariladi. Rossiya Markaziy banki 2020-yilda mamlakatning iqtisodiy o‘sishi 6 foizga pasayishini taxmin qildi.

2020-yilning fevral oyida, epidemiya hali Rossiyaga kirib kelmagan bir sharoitda, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti dotsenti Oleg Cherednichenko virusning o‘tkir kechish davrida mamlakat iqtisodiyotining yo‘qotishini 100 milliard rublga baholagan.

O‘shanda Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov epidemiya tufayli Xitoy bilan savdo aylanmasi pasaygani sababli Rossiya iqtisodiyoti kuniga 1 milliard rubl (13 million dollar) yo‘qotayotganini aytgan. Biroq mart oyida vazir koronavirus sababli mamlakat iqtisodiyotining bir qator sohalarida pasayish bo‘layotganini tan olgan.

Aprel oyining o‘rtasida turizm bo‘yicha federal agentlik rahbari Zarina Doguzova birinchi yarim yillik oxirida Rossiyaning turizmdan ko‘radigan yo‘qotishi 1,5 trillion rubl (20 milliard dollar)ni tashkil etishi haqida ogohlantirgan.

Rossiyaning milliy reyting agentligi tahlilchilarining fikricha, Rossiya iqtisodiyotining koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalari 17,9 trillion rubl (230 milliard dollar) yo‘qotishi mumkin.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi COVID-19 sabab dunyo iqtisodiyotining o‘ta og‘ir qulashini prognoz qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют