» » Nyu-York gubernatori shtatga koronavirus Xitoydan emas, Italiyadan kirib kelganini taxmin qildi

Nyu-York gubernatori shtatga koronavirus Xitoydan emas, Italiyadan kirib kelganini taxmin qildi


Gubernator Endryu Kuomoning taxminlarga ko‘ra, koronavirus Nyu-Yorkka Xitoydan emas, Italiyadan kelgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Shimoli-sharqiy universitet tadqiqotlariga ko‘ra, Nyu-York aholisining mingdan ortig‘i 1-mart kuni — shtatda ilk bemor qayd etilganidan oldin kasallikka chalingan bo‘lishi mumkin. Kuomoning fikricha, COVID-19’ning mintaqada paydo bo‘lish manbayi — Italiya.

Gubernatorning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus xavfi sabab Xitoy bilan aloqani fevral oyidayoq to‘xtatgan, biroq Yevropadan keluvchilar mart oyidagina cheklangan. Kuomoning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtga kelib virus mamlakat hududi bo‘ylab keng tarqalib bo‘lgan.

Shuningdek, u yanvar va fevralda, koronavirus haqidagi vahimali yangiliklar tarqala boshlagach, Yevropadan Nyu-York va Nyu-Jersi aeroportlariga 2,2 million odam bemalol kirib kelganini bildirdi. Kuomoning qo‘shimcha qilishicha, shtatdagi koronavirus statistikasi ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda.

So‘nggi vaqtda koronavirus aniqlangan 422 bemor vafot etgan bo‘lib, bu 31-martdan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan tashqari, ketma-ket 10-kun shifoxonlarga murojaat qilayotgan bemorlar soni kamaymoqda. Biroq shtat gubernatorining ta’kidlashicha, shtatlardan cheklov choralarini olib tashlashga hali erta.

Avvalroq AQShda o‘tgan bir sutka ichida 3,3 mingdan ortiq bemor koronavirus oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi. Amerikalik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: AQShda 5,1 milliondan ortiq odam koronavirusga test topshirdi

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi har bir shtat hukumati o‘z mintaqasidagi sharoitdan kelib chiqib, koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerakligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют