» » Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi toqqa borib urildi. Haydovchi vafot etdi

Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi toqqa borib urildi. Haydovchi vafot etdi


24-aprel, juma kuni, soat 13:30 larda Qamchiq dovonida Shacman SX4254 yuk mashinasi ishtirokida odam o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 251-kilometrida 1983-yilda tug‘ilgan A.Yu. boshqaruvidagi yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomon qatnov qismi chetidagi “favqulodda holat uchun tashkil etilgan avariya yo‘lakchasi”ga chiqib, “Tog‘ shabbodasi” oshxonasi tomon 180 metr masofa harakatlanib, toqqa borib urilgan.

Haydovchi A.Yu. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

YHXBB tomonidan e’lon qilingan suratlarda yuk mashinasining kabinasi toqqa urilgach, deyarli yo‘q bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin.

Aprel oyining to‘rtinchi haftasida odam o‘limi bilan yakunlangan yana bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 20-aprel kuni Muborak tumanida Spark va “Zil” to‘qnashuvi oqibatida 32 yoshli Spark haydovchisi, 21-aprel kuni Boysun tumanida Nexia qo‘ylarni haydab ketayotgan cho‘ponni urib ketishi oqibatida 28 yoshli cho‘pon, Chirchiq shahrida Nexia-3 piyodani urib yuborishi oqibatida 60 yoshli piyoda, Sariosiyo tumanida Captiva velosipedchini turtib yuborib, so‘ng devorga urilishi oqibatida 31 yoshli yo‘lovchi, Konimex tumanida Nexia-3 ag‘darilib ketishi oqibatida 24 yoshli haydovchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют