» » Ekvadorda bir oy oldin “o‘lgan” ayol o‘ziga keldi

Ekvadorda bir oy oldin “o‘lgan” ayol o‘ziga keldi


Ekvadorning Guayakil shahrida qarindoshlari tomonidan bir oydan beri vafot etgan deb hisoblab kelingan 74 yoshli ayol shifoxonada o‘ziga keldi. Bu haqda Comercio nashri xabar berdi.

27-mart kuni o‘limi qayd etilgan Alba Maruri Granda Guayakildagi shifoxonada o‘ziga keldi va singlisidan uyga olib ketishni so‘radi.

Shifokorlar Grandani o‘lgan deb topishidan avval uning harorati 42 darajaga ko‘tarilgan va nafas olish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Tibbiyot xodimlari uning ismini adashtirib yuborib, ayolning oilasiga u vafot etgani haqida xabar bergan paytda 74 yoshli Alba hushini yo‘qotib bo‘lgandi.

Sakkiz kundan so‘ng qarindoshlari Albaga tegishliligi aytilgan jasadni krematsiya qilgan. Oila dafn marosimi o‘tkazish uchun Ekvadorda koronavirus tufayli e’lon qilingan favqulodda holat rejimi bekor qilinishini kutgan va bu vaqt davomida boshqa odamning xokini saqlab kelgan.

Endi ayolning oilasi dafn etish va krematsiya bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun kasalxonadan 2 ming dollar talab qilmoqda.

Mavzuga doir: Ekvadorda COVID-19 pandemiyasi: o‘lganlar karton tobutda dafn qilinmoqda, o‘likxonalarda joy yetishmayapti (foto)

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ekvadorda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 22 719 ta holat qayd etilib, 576 kishi kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют