» » Chilonzor tuman hokimi va IIB boshlig‘i vazifasidan ozod etildi

Chilonzor tuman hokimi va IIB boshlig‘i vazifasidan ozod etildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumaniga tashrif buyurganidan so‘ng, tuman hokimi hamda Ichki ishlar bo‘lim boshlig‘i egallab turgan vazifasidan ozod etildi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

Chilonzor tuman hokimi Tohir Mirhidoyatov vazifasidan ozod etildi. Shahar hokimiyatining saytida  yozilishicha, hozirda hokim lavozimi bo‘sh. Chilonzor tuman ma’muriyatining aniqlik kiritishicha, vaqtinchalik hokim vazifasini uning birinchi o‘rinbosari Bahrom Karimov bajarmoqda.

Shuningdek, IIB boshlig‘i Abdumajid Shermuhammedov ham vazifasidan ozod etildi. Biroq tuman boshqarmasida ta’kidlanishicha, uning o‘rniga podpolkovnik Shavkat Mavlonov tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 12-aprel kuni Prezident poytaxtning Chilonzor tumanida nazorat o‘tkazgan edi. Shavkat Mirziyoyev tashkilotlar hamda mahallalarga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Prezident 2017—2018-yillar davomida Chilonzor tumanining barcha ichki yo‘llarini to‘liq ta’mirlash va zamonaviy ko‘p qavatli avtomobil turar joylarini qurish vazifasini qo‘ydi.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют