» » Italiyada may oyida muzeylar va Kolizey ochiladi

Italiyada may oyida muzeylar va Kolizey ochiladi


Italiyadagi muzeylar hamda Kolizey va Pompey kabi arxeologik yodgorliklar may oyida ochiladi. Bu haqda Italiya madaniyat va turizm vaziri Dario Francheskini La Repubblica nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, muzey va yodgorliklar mamlakatda karantin yakunlanadigan 4-maydan emas, balki sal keyinroq qayta ishga tushadi, ayni vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ta’minlay olgan muassasalargagina ishlashga ruxsat beriladi.

Chegaralarni ochish haqida gapirishga esa hali erta, deya ta’kidladi vazir. Shu bois Italiya rasmiylari e’tiborni ichki turizmga qaratishga qaror qilgan. Hukumat kam daromadli oilalar mamlakat kurortlarida hordiq chiqara olishi uchun ularga pul ajratmoqchi. Har bir oilaga 500 yevrodan yoki har bir kishiga bundan kamroq summa ajratilishi kutilmoqda.

Italiyada 25-aprel holatiga ko‘ra, 192 ming kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 25 ming nafari vafot etgan, yana 60 ming kishi esa kasallikdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют