» » Facebook guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish servisini ishga tushiradi

Facebook guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish servisini ishga tushiradi


Facebook kompaniyasi guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlar yordamida muloqot qilish imkonini beruvchi Messenger Rooms servisi ishga tushirilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Messenger Rooms “do‘stlar, yaqinlar va hamfikrlar bilan vaqt o‘tkazish” imkoniyatini taqdim etadi.

“Facebook yoki Facebook Messenger’da ‘xona’ yarating va videoqo‘ng‘irog‘ingizga istalgan odamni, hatto Facebook’da akkaunti yo‘q odamni ham taklif qiling. ‘Xona’ga 50 nafargacha odamni taklif qilish mumkin, vaqt chegarasi (qo‘ng‘iroq) belgilanmagan”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, funksiya Instagram Direct, WhatsApp va Portal uchun ham joriy etiladi.

Bundan tashqari, Facebook WhatsApp’dagi videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi kengaytirilishini bildirdi. Mazkur mobil ilova yordamida qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda 8 nafargacha foydalanuvchi ishtirok eta olishi mumkin bo‘ladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Facebook’ning oylik auditoriyasi 2,5 milliard foydalanuvchidan oshadi. Kompaniya mutaxassislarining hisob-kitobiga ko‘ra, dunyoda 2,9 milliarddan ortiq odam oyda bir marta bo‘lsa ham servisga kirib ko‘radi.

Avvalroq Telegram’da guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют