» » Aleksandr Geynrix eng yaxshi futbolchilardan iborat O‘zbekiston ramziy terma jamoasini tuzdi

Aleksandr Geynrix eng yaxshi futbolchilardan iborat O‘zbekiston ramziy terma jamoasini tuzdi


Sobiq hujumchi Aleksandr Geynrix talqiniga ko‘ra O‘zbekistonning barcha davrlardagi ramziy terma jamoasi tuzib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

Geynrixning orzular terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Ignatiy Nesterov.

Himoyachilar: Fevzi Davletov, Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Vitaliy Denisov.

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Mirjalol Qosimov.

Hujumchilar: Anvar Soliyev, Maksim Shatskix, Eldor Shomurodov.

Bosh murabbiy: Viktor Borisov.

Shuningdek, Geynrix eng esda qolarli uchrashuv sifatida 2002-yilgi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati doirasidagi Qatar — O‘zbekiston (4:5) o‘yinini tanladi. O‘sha uchrashuvdagi g‘alaba O‘zbekiston yoshlarining Jahon Chempionatiga chiqishida muhim ahamiyat kasb etgandi.

Ma’lumot uchun, Geynrix O‘zbekistonning barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, Sasha O‘zbekiston terma jamoasi safida gol urgan eng yosh futbolchi sanaladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют