» » “Chelsi” afsonasi Janfranko Zolaning londonliklar klubidagi eng chiroyli 10 ta goli (video)

“Chelsi” afsonasi Janfranko Zolaning londonliklar klubidagi eng chiroyli 10 ta goli (video)


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda dunyoning eng kuchli futbolchilari tomonidan urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida Italiya terma jamoasi va “Chelsi” klubi hujumchisi Janfranko Zolaning londonliklar safidagi eng chiroyli gollari taqdim etiladi.

Janfranko Zola 1996-yilning noyabrida Rud Gullit boshqaruvidagi “Chelsi” jamoasiga kelib qo‘shiladi. Karlo Anchelottining “Parma”sida zaxirada qolib ketayotgan o‘yinchi Angliya chempionatida tezda o‘zini ko‘rsatadi va londonliklarning asosiy futbolchisiga aylanadi. Italiyalik futbolchi “Chelsi” bilan Angliya Kubogi, Liga Kubogi va Kubok egalari Kubogida zafar quchadi. Zola londonliklar safidagi so‘nggi, 2002/03-yilgi mavsumda jamoaning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topiladi. Zola 2018/19-yilgi mavsumda “Chelsi”ni boshqarib borgan Mauritsio Sarriga assistentlik qilgandi.

Dastlab “Liverpul” ikkita to‘p kiritgan holda oldinga o‘tib oladi, biroq bunga maydon egalari to‘rtta to‘p bilan javob qaytaradi. Zola esa o‘yinda muvozanatni tiklagan golga muallif bo‘ladi.

2001/02-yilgi mavsumning ilk turida Janfranko uzoq masofadan aniq zarba yo‘llagan holda londonliklarning yagona goliga muallif bo‘lgandi

Chempionlar Ligasi ? finalining dastlabki o‘yinida Zola jarima zarbasini muvaffaqiyatli ijro etgan holda hisobni ochgan va jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.

Italiyalik futbolchi mankunianliklar himoyasini ko‘rdim demay, darvozaning yaqin burchagini mohirlik bilan nishonga olmoqda.

Zolaning mazkur goli London derbisida “ko‘klar”ning g‘alabasida muhim rol o‘ynagandi.

Janfranko to‘pni ajoyib tarzda to‘xtatib olgan holda uchrashuvdagi yagoni to‘pni kiritgan palla.

Kubok egalari Kubogining finalida Zola ushbu goli orqali londonliklarga chempionlikni olib kelgandi. Jarohat sabab o‘yinni asosiy tarkibda boshlay olmagan italiyalik iqtidor egasi zaxiradan maydonga tushadi va 21 soniya o‘tib ushbu gol muallifiga aylanadi.

Zola jarimadan zargarona zarba yo‘llab, darvozaning to‘qqizlik burchagini aniq nishonga olgandi.

Janfranko jarima maydoni tashqarisida to‘pga to‘xtatmasdan zarba bergan holda mersisaydliklar posbonini dog‘da qoldirgandi.

Zola Angliya Kubogi doirasidagi bahsda antiqa gol orqali jamoasining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют