» » Klubidan mashhur yulduzlar. Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha jamoasini ortda qoldirgan futbolchilar

Klubidan mashhur yulduzlar. Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha jamoasini ortda qoldirgan futbolchilar


Futbolchilar maydondagi harakatidan tashqari ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi bilan ham ajralib turadi. “Daryo” Instagram tarmog‘ida o‘zi harakat qilayotgan klubdan ko‘proq obunachiga ega ayrim futbol yulduzlarini sanab o‘tadi.

Instagram’da birinchi bo‘lib 200 million obunachi yig‘ib rekordchiga aylangan Krishtianu Ronaldu bu borada “Yuventus”ni deyarli 5,5 barobarga ortda qoldirmoqda. Neymar esa PSJdan deyarli 4,5 barobar oldinda.

Quyida obunachilar soni bo‘yicha o‘z klubini ortda qoldirgan jahon va o‘zbek futbol yulduzlari bilan tanishing:

Krishtianu Ronaldu — 215 million obunachi, “Yuventus” — 39,1 million.

Lionel Messi — 148 mln, “Barselona” — 85,6 mln.

Neymar — 138 mln, PSJ — 28,8 mln.

Zlatan Ibragimovich — 42,7 mln, “Milan” — 7,6 mln.

Pol Pogba — 40,7 mln, “Manchester Yunayted” — 35,2 mln.

Muhammad Saloh — 37,9 mln, “Liverpul” — 25,5 mln.

Filippe Koutinyo — 22,3 mln, “Bavariya” — 21 mln.

Jaloliddin Masharipov — 46,7 ming, “Paxtakor” — 23 ming.

Oybek Qilichev — 112 ming, “Lokomotiv” — 28,3 ming.

Aleksandr Lobanov — 58,9 ming, “Metallurg” — 1,7 ming.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 1) ( 90) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...