» » Amerikalik erkak koronavirus tarqalishini kamaytirish uchun plyajlarga o‘lim kiyimida kelishga qaror qildi

Amerikalik erkak koronavirus tarqalishini kamaytirish uchun plyajlarga o‘lim kiyimida kelishga qaror qildi


Koronavirusga chalingan va vafot etayotganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Biroq Florida shtati ma’muriyati 18-apreldan zarur xavfsizlik qoidalariga rioya etib ishlash sharti bilan hududdagi plyajlarni ochdi, deb yozadi Esquire.

Plyajlarning ish vaqti ertalabki (06:00 dan 11:00 gacha) va kechki (17:00 dan 20:00 gacha) vaqtga ajratildi.

Bu yerda piyoda yurish, velosiped uchish, yugurish, baliq tutish, uy hayvonlarini sayr qildirish, suzish va serfing bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.

Barcha tashrif buyuruvchilardan ijtimoiy masofa saqlash so‘ralmoqda. Shuningdek, 50 kishidan ko‘proq odam to‘planishi taqiqlangan.

Plyajlar ochilishi bilan dengiz bo‘yiga juda ko‘p odam to‘plangan. Hamma ham ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya etmagan.

Aksariyat amerikaliklarni bu ahvol hayratga soldi va hatto ijtimoiy tarmoqlarda #FloridaMorons (Floridalik ahmoqlar) degan xeshteg paydo bo‘ldi.

Not even a single fucking face mask in sight. #FloridaMorons pic.twitter.com/UxtJ3pft5x

— ????????Black????????Aziz????????aNANsi???????? (@Freeyourmindkid) April 18, 2020

Advokat Daniyel Ulfelder ushbu muammoning kreativ yechimini taklif qildi. U har kuni plyajga o‘lim kiyimida borib, odamlarni ularning o‘zlarining xavfsizligi uchun qo‘rqitishga qaror qildi. Maxsus kostyumga allaqachon buyurtma berildi.

“Ko‘pchilik mendan Florida plyajlarida o‘lim kiyimida sayr qilishni xohlash xohlamasligim haqida so‘radi, albatta, ha. 1-maydan Floridada shunday qilishni boshlaymiz”.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik Daniyelni qo‘llab-quvvatlab, yana bir necha qiziqarli g‘oyalarni taklif etgan.

“Yana vabo shifokori kostyumida ham borish mumkin”.

You could also go with plague costumes. pic.twitter.com/AvnTZiUtyt

— I Am Marie R (@alt_ramsey) April 22, 2020

Aytgancha, Ulfelder ushbu g‘oyani Yangi Zelandiya hukumatidan olgan. Ushbu davlatda mamlakat hukumati suvdan xavfsiz foydalanish malakasini shakllantirish uchun plyajlarga o‘lim kiyimida keluvchi maxsus aktyorlarni yollagan.

Mavzuga doir: AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют