» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 682 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 682 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 51 holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 2652 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 646 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti mamlakatda karantin qachon tugashi bo‘yicha o‘z fikrini aytdi

Qirg‘izistonda esa 26-aprel holatiga ko‘ra, yana 17 kishida COVID-19 aniqlangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbolot Usenboyevga tayanib, Akipress ma’lum qildi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 682 kishiga yetdi. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirus qurbonlari esa 8 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda 26-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1865 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 707 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Mavzuga doir: COVID-19 o‘zidan oldingi viruslarga qaraganda qanchalik xavotirli? So‘nggi yigirma yillikning eng xavfli epidemiyalari

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozirga qadar Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat rasman e’lon qilinmadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlaridan iborat guruh ushbu davlatlarga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют