» » Buxoroda 26 nafar mahkum muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi

Buxoroda 26 nafar mahkum muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi


Buxoroda 26 nafar mahkum sayyor sud tartibida muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahar sudi binosida karantin tartib-qoidalariga rioya qilingan holda sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Probatsiya bo‘linmasida jazoni o‘tayotgan 17 nafar nazorat ostidagi shaxs shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan. Shuningdek, G‘ijduvon tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda ham 9 nafar jazoni o‘tayotgan mahkum muddatidan oldin ozod qilingan.

Qayd etilishicha, mahkumlarning bir nafari Jinoyat kodeksining 75-moddasi (kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) bilan ozodlikka chiqarilgan bo‘lsa, yana bir nafari Jinoyat kodeksining 89-moddasi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish) bilan ozod qilingan. Qolgan 24 nafari esa Jinoyat kodeksining 73-moddasiga (jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish) asosan shartli ravishda ozodlikka chiqqan.

Jazodan ozod bo‘lganlar oilasi bag‘riga qaytgan va ularga karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish talabi qo‘yilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют