» » Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi

Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi


Jurnalist Jasur Hamroyev ayni paytda AQShga oilasi bilan ko‘chib ketgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minovning Nyu-Yorkdagi xonadonida mehmon bo‘ldi hamda xonanda bilan intervyu tashkillashtirdi. YouTube va Instagram jonli efirida uyushtirilgan intervyu davomida aksariyat internet foydalanuvchilari Sobirjon Mo‘minovning nima sababdan va qanday qilib AQShga ketgani bilan qiziqdi.

“O‘g‘lim Amerika va Germaniyadagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirib, bir necha universitetga o‘qishga kirdi. Keyin Amerikani tanladi. O‘qishga ketish chog‘ida bir o‘zi ketgisi kelmadi. Men ham oilaga, farzand tarbiyasiga qattiqqo‘l, talabchan bo‘lganim uchun o‘g‘limni bir o‘zini jo‘natgim kelmadi. Shunday qilib bir kuni ‘Ada, men Green Card to‘ldiraman, chiqadi, hammamiz birga ketamiz’, dedi. Men rozi bo‘ldim, lekin chiqadi deb o‘ylamadim. Bir kuni o‘g‘lim kelib, ‘Ada, suyunchi bering, Green Card chiqdi, endi hammamiz birga ketamiz Amerikaga’ deb qoldi. Shundan keyin Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi filarmoniyadan zo‘rg‘a javob olib, keldim. Men butun umr davlatning ishida ishlaganman. Har doim ishni birinchi o‘ringa qo‘yardim. O‘g‘lim aldab-suldab Amerikaga olib kelib oldi. ‘Green Card’ni olasiz-u, keyin orqaga qaytasiz’ degandi. Yo‘q, Green Card’ni o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor ekan, qachon kirishingiz, qachon chiqishingiz belgilab qo‘yilgan ekan. Bu non-tuz, nasiba. Mana bolalar o‘qishyapti. Men esa shu yerda konsert, to‘ylarni o‘tkazib, qo‘ldan kelgunicha o‘zbek milliy estrada san’atini AQShda namoyish etib kelmoqdaman”, — deydi Sobirjon Mo‘minov.

Sobirjon Mo‘minovning aytishicha, Amerikada konsert va to‘y tadbirlarini o‘tkazishni tashkillashtiruvchi kompaniya ochgan. Xonandani to‘y xizmatiga taklif etmoqchi bo‘lganlar xizmat haqini shu kompaniyaga o‘tkazadi.

“Amerikadan har bir sohada o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p, ayrim joylarda o‘rgatadigan jihatlarimiz ham bor. Aslida ota-onaga bo‘lgan hurmat, halol va haromning farqiga borish, ‘Bismilloh’siz biron ishni boshlamaslik, odob-ahloq, toza-pokizalikda amerikaliklar bizdan o‘rnak olishi kerak. Lekin yo‘llarda qoidalarga rioya etish, svetoforlarda to‘xtash, masalan, qizilmi mashina yo‘q bo‘lsa ham haydovchilar hech qachon o‘tib ketmaydi, to‘xtab turadi. Bir-biriga yo‘l berishga ham qattiq e’tibor beradi. Yoshmi, qarimi, erkakmi, ayolmi hammasi uchun qoida bir xil. Supermarketlarda, aeroportlarda intizom seziladi”, — deydi xonanda Amerikada yashashning o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib.

Mavzuga doir: “Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev nima sababdan 16 yil avval Qozog‘istonga ketib qolgani haqida gapirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют