» » Koronavirusdan tuzalgan Buyuk Britaniya bosh vaziri 27-apreldan ishga qaytmoqchi

Koronavirusdan tuzalgan Buyuk Britaniya bosh vaziri 27-apreldan ishga qaytmoqchi


Koronavirusdan tuzalgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson dushanba, 27-apreldan, boshlab ishga qaytmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters. Avvalroq Britaniyaning bir qator OAVlarida u keyingi haftadan boshlab ishga qaytishi mumkinligi xabar berilgan.

Sky News’da ta’kidlanishicha, 24-aprel, juma kuni, o‘z maslahatchilari bilan uchrashib, mamlakatda koronavirusga qarshi kurashishda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlarni olgan.

Daily Telegraph’ning yozishicha, Jonson ishga “ahvol tang paytda” qaytmoqda. Aynan hozir vazirlar undan karantin choralarini asta-sekin bekor qilish bo‘yicha tashabbusni kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson koronavirus bilan kasallangani haqida 27-mart kuni ma’lum bo‘lgandi. 5-aprel kuni u ehtiyot chorasi sifatida avliyo Foma shifoxonasiga yotqizilgandi. Biroq keyinroq siyosatchining sog‘lig‘i keskin yomonlashib, jonlantirish bo‘limiga olingandi. 9-aprel kuni esa bosh vazir intensiv terapiyadan oddiy palataga o‘tkazilgan. 12-aprel kuni esa kasalxonadan chiqib, uyda davolanishni davom ettirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют