» » Habib Nurmagomedovning otasida pnevmoniya aniqlandi

Habib Nurmagomedovning otasida pnevmoniya aniqlandi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov shifoxonaga tushib qoldi.

Adbulmanap Nurmagomedov kasalxonada yotganini tasdiqlagan, biroq qanday kasallik bilan og‘riganiga oydinlik kiritmagan.

Ta’kidlanishicha, katta Nurmagomedovga pnevmoniya tashhisi qo‘yilgan. Bu haqda sharhlovchi va Nurmagomedovning do‘sti Ramazon Rabadanov ma’lum qildi.

“Abdulmanap Magomedovich kasal bo‘lib qoldi. U xiyobonni qayta jihozlashga ulgurgandi, ahlatlardan tozaladi, daraxtlar ekdi, atrofga chiroyli o‘rindiqlar o‘rnatdi, ammo kecha xiyobonga kelmadi.

Umid qilamanki, pnevmoniya do‘stimga jiddiy ta’sir qilmaydi va u yana xiyobonga tashrif buyuradi”, — deydi Rabadanov.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov: Faqat o‘z oilangizga emas, ota-onangizga ham vaqt ajrating



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 25) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют