» » Braziliyada yovvoyi tabiatda yuz yil deganda ilk marta tapir dunyoga keldi

Braziliyada yovvoyi tabiatda yuz yil deganda ilk marta tapir dunyoga keldi


Braziliyalik ekologlar Rio-de-Janeyro o‘rmonlarida yuz yillik davomida ilk marta Janubiy Amerika tapiri dunyoga kelganini qayd etdi, deb xabar berdi Esquire.

2016-yilda Rio-de-Janeyro universiteti professori Fernando Fernandes tapirlar ko‘payishini qayta tiklash bo‘yicha loyihani ishga tushirdi. U loyiha doirasida uch-to‘rt yil davomida mahalliy qo‘riqxonada o‘n juft tapirni ko‘paytirishni taklif qildi.

Rioda ushbu jonivorlar 1914-yildan beri yo‘qolib ketayotgan edi. Brakonyerlar ularni terisi va go‘shti uchun ovlagan.

Mutaxassislarning baholariga ko‘ra, o‘rmonda ko‘rinish bergan tapir bolasi uch oylik. Uning onasi Yeva 2017-yilda yovvoyi tabiatga qaytarilgan birinchi urg‘ochi tapir hisoblanadi.

Mutaxassislarning taxmin qilishicha, Flora laqabli yana bir tapir ham yaqin orada ko‘payadi.

Qayd etilishicha, tapirlar o‘rmonlar ekotizimi uchun juda muhim hisoblanadi. Ularni “o‘rmonning bog‘bonlari” deb ham atashadi.

Em primeira m?o! Segundo v?deo da Baby Anta nascida aqui na Reserva Ecol?gica de Guapia?u. As antas foram extintas a mais de 100 anos, devido a ca?a no estado do Rio de Janeiro. O @projeto_refauna vem trabalhando arduamente com a reserva neste belo trabalho de reintrodu??o. pic.twitter.com/3CmQSJ35Hb

— REGUA (@REGUABrasil) March 21, 2020

Mavzuga doir: Yaguarlar koronavirus sabab Gvatemala junglilariga qaytib keldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют