» » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 11 ta, Janubiy Koreyada esa 10 ta holat aniqlandi

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 11 ta, Janubiy Koreyada esa 10 ta holat aniqlandi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 11 ta holat aniqlandi, 48 kishi tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 11 holatning beshtasi chetdan kirib kelganlarda aniqlangan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasini chetdan olib kirish bo‘yicha qayd etilgan holatlar jami 1634 taga yetdi. Hozirda 694 bemor davolanmoqda, ulardan 22 nafarining ahvoli og‘ir.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 82 827 kishida virusni yuqtirib olgan bo‘lib, ularning 77 394 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. 4632 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Xitoy JSSTga qo‘shimcha 30 mln dollar ajratadi

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 10 ta holat aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 10 728 kishiga yetdi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 8717 kishini (81 foiz) tashkil etmoqda, 242 kishi vafot etgan.

O‘tgan bir sutka ichida 82 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 2 bemor vafot etgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda yangi kasallanishlar sonining kamayishi sababli hukumat ijtimoiy masofalanish rejimini yengillashtirilgan shaklda 5-maygacha uzaytirdi. Istirohat bog‘lari va dam olish maskanlari qayta ochiladigan bo‘ldi. Sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarga o‘z faoliyatini cheklangan holda davom ettirishga ruxsat beriladi.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan o‘nlab insonlarda yana COVID-19 aniqlandi

Shu bilan birga, fuqarolardan hali ham gavjum joylarga bormaslik, uydan zaruratsiz chiqmaslik va barcha profilaktik tadbirlarga rioya qilish talab qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют