» » Italiya hukumati mamlakat chegaralari yil oxirigacha ochilmasligini taxmin qilmoqda

Italiya hukumati mamlakat chegaralari yil oxirigacha ochilmasligini taxmin qilmoqda


Italiya turizm vaziri Dario Francheskini 2020-yil mamlakatda xalqaro turizm uchun imkoniyat bo‘lmasligini ma’lum qildi. U Italiya chegaralari boshqa mamlakatlardagi vaziyatdan kelib chiqib ochilishini bildirgan, deb xabar beradi “Kommersant”.

“Bu epidemiologik vaziyat va har bir davlatning alohida siyosatiga bog‘liq. Bu yil xalqaro turizm bo‘lmaydi, shu sababli ichki turizmga investitsiya kiritishga mo‘ljallangan ‘Italiyaga sayohat qilaman’ rejasi paydo bo‘ldi”, — deydi Francheskini.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Italiyadagi diqqatga sazovor madaniy maskanlar may oyida ochiladi. Ular orasida Kolizey va Pompey ham bor. Francheskinining ta’kidlashicha, faqatgina xavfsizlik choralarini ta’minlab bera oladigan madaniy maskanlar ochiladi.

Italiyadagi barcha muzeylar, ko‘rgazma va madaniy muassasalar 8-martdan buyon yopiq. 4-maydan boshlab cheklovlarni bosqichma-bosqich yengillashtirish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Italiya moda sanoati vakillari mamlakatda karantin muddati uzaytirilishiga qarshi chiqdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 195 mingdan, qurbonlar soni 26 ming kishidan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют