» » Buxoroda 467 tup ko‘knor yetishtirgan 73 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda 467 tup ko‘knor yetishtirgan 73 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yashovchi 73 yoshli otaxon ko‘knor giyohvandlik o‘simligi yetishtirishda ayblanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Qorako‘l tumani IIB xodimi, mayor Yusuf Saidov ma’lum qilmoqda.

Xabar berilishicha, Qorako‘l tumanining “Darg‘ali” mahallasida yashovchi 73 yoshli otaxon F.T. mahalla chekkasida joylashgan ekin maydonlarining birida bo‘yi 5 santimetrdan 25 santimetrgacha bo‘lgan 467 tup ko‘knor o‘simligini yetishtirgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan mazkur holat bo‘yicha, otaxonga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni, ya’ni ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoyat ishi bilan ayblangan shaxsning aybi isbotlansa, fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda 75 yoshli otaxon qo‘shmachilikka qo‘l urdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют