» » “Pxenyan osmonida vertolyotlar pastlab uchmoqda”. Shimoliy Koreyada sarosima boshlangani haqida xabarlar tarqaldi

“Pxenyan osmonida vertolyotlar pastlab uchmoqda”. Shimoliy Koreyada sarosima boshlangani haqida xabarlar tarqaldi


KXDRda sarosima boshlandi: mahalliy aholi birlamchi zaruriy mahsulotlarni xarid qilmoqda, Pxenyan osmonida vertolyotlar pastlab uchmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri mamlakatdagi manbalariga tayanib xabar bergan.

Nashrning yozishicha, mamlakat fuqarolari kir yuvish kukunidan tortib guruchgacha, maishiy texnika vositalari, alkogol ichimliklari, konservalar va sigaretlargacha xarid qilib, o‘z uyida zaxira to‘plamoqda.

Bundan tashqari KXDRda Xitoy bilan temiryo‘l qatnovlari vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgani aytilmoqda.

Bu kabi xabarlar 25-aprelda Xitoydagi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Gonkongning HKSTV televideniyesi Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning vafot etganini ma’lum qilganidan keyin keng tarqala boshladi. Telekanal “eng ishonarli manba”ga asoslanib shunday xabar tarqatgan. Yaponiyaning Shukan Gendai jurnali esa KXDR yetakchisi yuragini operatsiya qildirganidan keyin behush holatda yotgani haqida ma’lumot bergan.

Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri KXDR sobiq rahbari Kim Chen Irning kichik ukasi — Kim Pxyon Ir ekani, shuningdek, asosiy nomzod hozirgi raisning singlisi Kim Yo Chjonligi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют