» » Angliyada Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi shifokorlar uchun qo‘shiq kuyladi hamda xit-paradda 1-o‘rinni egalladi

Angliyada Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi shifokorlar uchun qo‘shiq kuyladi hamda xit-paradda 1-o‘rinni egalladi


Buyuk Britaniyada shifokorlar uchun pul to‘plagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Tom Mur qo‘shiq kuylab, xit-paradda birinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi BBC.

Kapitan Mur xonanda Maykl Boll bilan birgalikda You never never walk alone qo‘shig‘iga kover kuyladi.

Natijada Tom Mur tarixda xit-paradning birinchi o‘rnini egallagan eng keksa kishi bo‘ldi.

“Xit-paradda birinchi o‘rinni egallaganimga nevaralarim ishonmayapti”, — deydi Mur.

YouTube’ga joylashtirilgan videoda Bollom qo‘shiqni ijro etadi, 99 yoshli urush faxriysi esa unga Zoom orqali jo‘r bo‘ladi. Videokonferensiyada ularga Mur yordam bergan shifokorlar ham qo‘shilgan.

Tom Mur uzoq yillar mobaynida Britaniya armiyasida Hindiston va Birma hududida xizmat qilgan, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.

Mur karantin boshlanguniga qadar tos va son suyagi bo‘g‘imlarini operatsiya qildirgan. Shifokorlar unga ko‘proq sayr qilishni maslahat bergan. Britaniyalik buni foyda keltirish yo‘li orqali bajarishga qaror qilgan.

9-aprel kuni u bog‘i bo‘ylab uch kilometr masofani bosib o‘tishga va buning uchun odamlarni xayriya qilishga chaqiruvchi chellenjni boshlab bergan. Mur yig‘ilgan pullarni COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashuvchi tashkilotlarga topshirishini ma’lum qilgan.

Faxriyning so‘zlariga ko‘ra, u ming funt sterling to‘plash niyatida bo‘lgan. Ushbu mablag‘ tezda yig‘ilgan, shunda Mur o‘z oldiga 10 ming funtlik marrani qo‘ygan. Biroq bu mablag‘ ham tezda yig‘ilgan. U hozirga qadar 30 million funt sterling to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga doir: Yaqin do‘stining qo‘ng‘irog‘i angliyalik erkakning koronavirusdan vafot etishidan saqlab qoldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют