» » Pentagon Eron tomonidan uchirilgan harbiy sun’iy yo‘ldoshni “dumalab yurgan veb-kamera” deb atadi

Pentagon Eron tomonidan uchirilgan harbiy sun’iy yo‘ldoshni “dumalab yurgan veb-kamera” deb atadi


AQSh Kosmik kuchlari qo‘mondoni general Jon Reymond Eron harbiylari tomonidan uchirilgan “Nur-1” sun’iy yo‘ldoshini razvedka uchun foydasiz deb atadi.

Eron 22-aprel kuni “Chopar” raketa-tashuvchisi yordamida 425 kilometr balandlikdagi orbitaga o‘zining “Nur” nomli ilk harbiy sun’iy yo‘ldoshini uchirgan edi. Ushbu ma’lumotni AQSh Harbiy-havo kuchlari kosmik makonni nazorat qilish 18-eskadrilyasi ham tasdiqlagan.

General Reymond o‘zining Twitter’dagi sahifasiga AQSh HHK kosmik qo‘mondonligi Eron tomonidan uchirilgan obyektni kuzatishda davom etayotganini yozib qoldirgan. Amerika harbiylarining baholashicha, Eron sun’iy yo‘ldoshining o‘lchami 10x10x30 santimetrga teng.

Amerika generalining so‘zlariga ko‘ra, Eron mazkur sun’iy yo‘ldoshi Yer yuzasini suratga olishini ma’lum qilgan. “Umuman olganda bu kosmosda dumalab yurgan veb-kamera, razvedka ishlarida qo‘l kelish ehtimolligi kam”, — deydi Reymond.

Avvalroq rossiyalik radiohavaskor Dmitriy Pashkov “Nur-1” signali barqaror emasligini — bu sun’iy yo‘ldosh aylanib yotgani va muvozanatga kelmaguncha ishga kirisha olmasligini bildirgan edi.

Mavzuga doir: Tramp Eron katerlari Amerika kemalariga yaqinlashsa, ularga hujum qilishni buyurdi

Ma’lumot uchun, 2009-yilda Eron orbitaga beshta sun’iy yo‘ldoshni uchirishga muvaffaq bo‘lgan, xususan, ularning to‘rttasi “Safir” raketasi yordamida uchirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют