» » O‘zbekistonda 240 mingdan ortiq kishida koronavirus testi o‘tkazildi

O‘zbekistonda 240 mingdan ortiq kishida koronavirus testi o‘tkazildi


O‘zbekistonda mavjud virusologik laboratoriyalarda 25-aprelning o‘zida 8579 ta, shu vaqtga qadar esa 242 536 kishida koronavirus testi o‘tkazildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bugungi kunda epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 81 079 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Uy sharoitida 62 825 nafar, statsionar sharoitda esa 18 254 kishi karantinga olingan. Shu vaqtga qadar 207 336 nafar (uy sharoitida 174 441 nafar, statsionar sharoitida 32 895 nafar) fuqaro karantindan chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov yaqin orada koronavirus uchun test o‘tkazish yarim millionga yetkazilishini ma’lum qilgandi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusga antitana borligini bilish uchun test topshirish mumkinligini, laboratoriya tashxisi asosan polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) usulida amalga oshirilayotganini aytgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 26-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1869 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 789 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bir bemorni davolash uchun qancha mablag‘ sarflanayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют