» » Uxandagi kasalxonalarda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmadi

Uxandagi kasalxonalarda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmadi


Koronavirus tarqalishi o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyning Uxan shahri kasalxonalarida COVID-19’ga chalingan birorta bemor qolmadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi rasmiy vakili Mi Fen ma’lum qilgan.

“Uxandagi shifokorlar va ularga yordam bergan butun mamalakat tibbiyot xodimlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 26-aprel holatiga ko‘ra, Uxandagi kasalxonalarda koronavirus infeksiyasiga chalingan birorta bemor qolmadi”, — degan u brifingda.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining 25-aprel kuni e’lon qilgan statistikasida epidemiya boshlanganidan buyon Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinish bo‘yicha 68 128 ta holat qayd etilgani (shulardan 50 333 tasi Uxanda), ularning 63 604 nafari tuzalgani, 4 512 nafar bemor vafot etgani ma’lum qilingan va kasalxonada 12 kishi qolgani aytilgan.

Mavzuga doir: Karantindan chiqqan Uxan shahrining bugungi hayot tarzi – suratlarda

Avvalroq Uxanda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda yordam bergan qurilmalar Toshkentga olib kelingani xabar berilgan edi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda 15 nafar xitoylik shifokor va 1 nafar koreyalik mutaxassis ham ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Xitoydan uch marta gumanitar yordam yuklarini qabul qildi hamda mazkur mamlakatdan 200 mingta test tizimini sotib oldi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 93 foizdan ortig‘i tuzaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют