» » Parijda Le Pen tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasida tartibsizliklar kelib chiqdi

Parijda Le Pen tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasida tartibsizliklar kelib chiqdi


Fransiya poytaxti Parij shahrida prezidentlikka nomzod Marin Le Pen tarafdorlari tomonidan 17-aprel, dushanba kuniga rejalashtirilgan mitingga qarshi o‘tkazilgan namoyish tartibsizliklar bilan yakun topdi. Bu haqda Le Parisien nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Namoyishda kasaba uyushmalari va so‘l radikal tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Namoyishchilar miting o‘tkazishga qarshilik bildirib, “Bizning yerlar fashistlarga emas”, “Qochoqlar bilan birdamlik”, “Fashizm — bu qorason, uni kesib tashlash kerak yoki nobud bo‘lasan”, deya baqirishdi.

Zenit arenasidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda 50 ga yaqin niqob taqib olgan namoyishchilar politsiyachilarga tutun hosil qiluvchi shashkalar uloqtirdi, politsiya esa bunga javoban ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalandi.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 17:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют