» » Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga yangi o‘rinbosar tayinlangani xabar qilindi

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga yangi o‘rinbosar tayinlangani xabar qilindi


Toshkent viloyati hokimiga qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Shermatov 23-aprel, payshanba kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Botir Alimbekov shu kunning o‘zida Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Alimbekov 1978-yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent Davlat agrar universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasining kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti bitiruvchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — zoomuhandis, iqtisodchi (qishloq xo‘jaligi).

Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi, soliq va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan. Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan.

Mavzuga doir: 

Sobiq birinchi o‘rinbosar Kamoliddin Shermatov 2019-yil sentabr oyida lavozimga tayinlangandi.

2020-yilning fevral oyida Toshkent viloyati hokimiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlangan, shuningdek, viloyatning to‘rtta: Bo‘ka, Toshkent, Bekobod va Yangiyo‘l tumanlarida hokimlar almashgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют