» » AQShda bezgakka qarshi preparatga talab 46 baravar oshdi

AQShda bezgakka qarshi preparatga talab 46 baravar oshdi


AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlarning samarali ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlaridan so‘ng bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xlorin preparatlariga talab 46 baravar oshdi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaning ta’kidlashicha, Trampning bunday preparatlarning samadorligi haqida 19-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytgan bo‘lib, ertasi kuniyoq unga bo‘lgan talab 46 baravar oshgan.

Mavzuga doir: Gidroksixloroxin nima o‘zi?

Hozirgi vaqtda gidroksixloroxin va xloroxinning foydali ta’sirini isbotlashning imkoni bo‘lmagan. Ammo nashrning xabar berishicha, revmatologlar, kardiologlar, dermatologlar, psixiatrlar va ortopedlar bemorlar bezgakka qarshi preparat olishi uchun 32 mingga yaqin retsept yozib bergan. Aprel oyiga kelib uning shifokorlar tomonidan tavsiya qilinishi kamaygan, biroq undan foydalanish darajasi me’yordan 6 baravar ortiqligicha qolgan.

Donald Tramp bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlarining koronavirusni davolashda ta’sirini bir necha bor ijobiy baholagan. Mutaxassislar esa COVID-19’ni davolashda rasman tasdiqlanmagan ushbu preparatlar haqida bunday xulosaga kelishga hali erta ekanligini aytib, uning ko‘plab salbiy ta’sirlari borligidan ogohlantirgan.

Mutaxassislarning fikricha, yurak kasalligi bo‘lgan bemorlar, shuningdek, yurak urishiga ta’sir o‘tkazuvchi antidepressantlarni qabul qiladigan odamlarda ushbu preparatlarni qabul qilish o‘lim bilan yakunlanishi ehtimoli bor.

Chorshanba kuni medRxiv tibbiy portali AQSh tibbiyot markazida 368 nafar bemor ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qilgan bo‘lib, unda koronavirusga chalingan bemorlar orasida gidroksixloroxinni qabul qilganlarda uni qabul qilmaganlarga nisbatan o‘lim darajasi yuqori bo‘lgani aniqlangan.

Avvalroq AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etgani, yana 35 188 kishida virus aniqlangani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlar tajribasi. Koronavirusdan bezgakka qarshi dorilar yordamida davolansa bo‘ladimi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют