» » Gollivudning eng oilaparvar aktyorlari

Gollivudning eng oilaparvar aktyorlari


Karyera va shaxsiy hayotni baravar eplay olgan yulduzli juftliklarga havas qilsa arziydi. “Yandeks Dzen” platformasi Gollivudning oilaparvar aktyorlari ro‘yxatini tuzdi.

Tom Xenks

“Forrest Gamp”, “Yashil maskan” va boshqa bir qancha kinolardagi mahoratli rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Tom Xenksning oilaparvarligidan o‘rnak olsa arziydi. U rafiqasi Rita Uilsonni bir ko‘rishdayoq sevib qolgani va u bilan hayotini bog‘lashni istaganini ta’kidlaydi. Juftlik turmush qurganiga o‘ttiz yildan ortiq vaqt o‘tgan va bu yillar ichida nimalar bo‘?lmagan deysiz. Tom rafiqasi Rita onkologik kasallikni boshidan o‘tkazgani, o‘g‘li giyohvand moddaga qaram bo‘lib qolgani va boshqa bir qancha vaziyatlarda oilasi oldida bo‘lib, haqiqiy oila ustuni qanday bo‘lishi kerakligini isbotlagan.

Kolin Fert

“Andisha va g‘urur” filmida haqiqiy jentelmen janob Darsi rolini jonlantirgan Kolin Fert turmush o‘rtog‘ini yer yuzidagi eng chiroyli ayol deb hisoblaydi. Juftlik bundan 20 yil avval turmush qurgan va bugunga qadar aslo ayrilmagan.

Rayan Reynolds

Rayan Reynoldsning rafiqasi Bleyk Layvliga bo‘lgan mehri bo‘lakcha. Juftlik turmush qurganiga 8 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lib, bugungi kunda uch farzandning baxtli ota-onasi. Rayan va Bleykning yaqin do‘stlari ular munosabatida sevgi-muhabbat ustunlik qilishini ta’kidlaydi.

Hyu Jekman

Hyu Jekman hayotini o‘zidan 13 yosh katta ayol bilan bog‘lashga qaror qilganida ko‘pchilik bu munosabatlar uzoqqa bormasa kerak, deb taxmin qilgandi. Lekin oradan o‘tgan 24 yil fikrlar subyektiv bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Hozirda Hyu va Debbora asrab olgan ikki farzandini birgalikda tarbiyalaydi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют