» » Ozbekistonda koronavirusning oltinchi haftasi dayjesti: Bir gramm virus, Telegram testlari, yumshayotgan karantin va yana bir yangi fond

Ozbekistonda koronavirusning oltinchi haftasi dayjesti: Bir gramm virus, Telegram testlari, yumshayotgan karantin va yana bir yangi fond


Barchasini toplasa bir grammga ham bormaydigan virus bugun dunyoni titratdi va millionlab xabarlarning bosh mavzusiga aylandi, jahon siyosatida burilish yasadi. Jumladan, Ozbekistonni qisqa muddatda qanchalik ozgartirganini dayjestimizda bayon qilamiz.

Yillar davomida masofaviy talim deb gapirib kelindi. Biroq bu borada aytarli siljish yuz bergani yoq edi. Koronavirus masofaviy talimga birdan turtki berib yubordi. Ayniqsa, bu haftada Telegramdagi Masofaviy talim kanalida rivojlanish kuzatildi. Turli fanlar boyicha test savollari beruvchi bot ishlab turibdi. 16-martda ochilgan kanal allaqachon 42 mingdan ziyod obunachi toplab ulgurgani diqqatga sazovor. Aytish lozimki, masofaviy talimga ixtisoslashgan Telegramdagi kanal bitta emas. Qolaversa, Telegram messenjeri yaqinda test otkazish uchun yangi imkoniyatlar qoshdi.

***

Virus tarqalishiga qarshi eng yaxshi chora karantin. Biroq karantindan karaxt bolgan iqtisodiyot bilan uzoqqa bora olamizmi? Ozbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etildi.Bu sohalarga qurilish materiallari bozorlari, yirik ishlab chiqaruvchi subyektlarning dokonlari, hunarmand ustalar dokonlari, urug va kochat yetishtiruvchilar, tijorat banklarining hududlardagi shoxobchalari, mashina zapchasti bilan savdo qiluvchilar, avtomobillar, qishloq xojaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat korsatuvchilar, kimyoviy tozalash bilan shugullanuvchi tadbirkorlik subyektlari, notarial idoralar, sugurta kompaniyalari va boshqalar kiradi. Demak, asta-sekinlik bilan tolaqonli hayot tarziga qadam tashlayapmiz.

***

Koronavirusga oid xabarlar orasida kundan kunga sogayotganlar soni oshayotgani kishini xursand qiladi.Buxoro viloyatidan bir yola 50 nafar bemor toliq sogaydi. Toshkent va Xorazmda 18 nafar, undan oldingi kuni Qoraqalpogistonda 10 nafar bemor sogaygandi. Ularning aksariyati Rossiya, Turkiya kabi davlatlardan charter reysda olib kelinib, karantinga olinganlardir. Shunday qilib,COVID-19 dan tuzalgan yurtdoshlarimiz soni 765 nafarga yetdi. Ayni vaqtda 1 096 nafar yurtdoshimiz davolanishda. Telegramdagi oxirgi ikki oyda faollashgan SSV matbuot kotibi kanalining axborotiga tayansak, dunyo mamlakatlarida COVID-19 ga chalingan bemorlarning olim korsatkichi boyicha Ozbekiston juda ham past (1 million aholiga nisbatan 0,2 foiz) korsatkichni qayd qilmoqda.

***

Karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatishni respublikamizda Qashqadaryo va Fargona viloyatlari boshlab beradi. Karantin davrida Fargonada 10 ming, Qashqadaryoda 11 ming korxonaning ishlab chiqarish korsatkichlari keskin kamaydi. Ishsizlar ortdi, qolaversa, Fargonada 56 mingta, Qashqadaryoda 91 mingta ehtiyojmand oila mavjud. Joriy yilda bu ikki viloyatga qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun bir trillion somdan ortiqroq mablag ajratildi, ammo birinchi chorakdayoq mablag ozlashtirish ancha orqada qolib ketdi. Prezident aholi bandligini taminlash uchun qurilishlarni davom ettirishga ruxsat berilganini inobatga olib, bu ikki viloyatdagi obyektlarda belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini takidladi.

Ushbu viloyatlar hokimlariga mavjud bog va tokzorlar qator oralariga toliq ekin ekilishini tashkil qilish, shu orqali aholi bandligini taminlash vazifasi qoyildi. Foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarda quduq qazib, aholiga bolib berish zarurligi qayd etildi. Buning uchun Fargonaga 15 milliard som, Qashqadaryoga 11 milliard som ajratildi. Kam taminlangan oilalarga qoramol, parranda va asalari uyasi tarqatib, kooperatsiya asosida aholi bandligini taminlash, mahsulot yetishtirishni kopaytirish boyicha topshiriqlar berildi.

***

Karantin sababli qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizga yordam berish tashabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi vasiylik kengashi tomonidan ilgari surildi. Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi Zamin fondi yordamga muhtoj besh ming ayolga besh milliard som mablag ajratdi. Jamgarma saytida jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning grantlariZamin fondi mablagini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanishi umumiy shaklda yozilgan, biroq tola axborot keltirilmagan.

Yozilishicha, Zamin xalqaro jamoat fondiga nodavlat notijorat tashkiloti sifatida Ozbekistonda asos solindi. Fondning maqsadi mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qoshish va aholi turmush darajasini oshirish.

***

Hafta bahsi gazetalar kelajagi haqida boldi. Milliy mass-mediani qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Fikrimcha, matbuot ham ogir jarayonlar va ogir davrga kirib kelmoqda. Gazeta nashrlariga keladigan bolsak, qopol qilib aytgim kelmayapti, ammo men ularning kelajagini kormayapman. Bu inqirozlar boshlanmagan taqdirda ham gazetalar allaqachon otmishga aylangandi, deyishi shundoq ham qiyinchilikda kun korayotgan bosma nashrlar vakillarini junbushga keltirdi. Ular Allamjonovning fikrini turli-tuman tanqid ostiga oldi. Bahsdan umumiy xulosa sifatida aytish zarurki, matbuot uchun bosma nashr zaruriyati yoq emas, biroq Ozbekistondagi bosma nashrlar ham zamon talabiga moslashishi kerak.

Eslatib otamiz 2020-yil 26-aprel soat 18:00 holatiga kora, Ozbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 869 nafarni tashkil qilmoqda. Daryoni kuzatishdan toxtamang. Uyda qoling.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-04-2020, 08:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -