» » Hyundai noodatiy shou-karlar seriyasini ishlab chiqarishni boshlaydi (foto)

Hyundai noodatiy shou-karlar seriyasini ishlab chiqarishni boshlaydi (foto)


Janubiy Koreyaning Hyundai Global Design Center rahbari va katta prezidenti hisoblanuvchi San Yup Li Prophecy va 45 EV shou-karlari versiyasini seriyali ishlab chiqarish to‘g‘risidagi rejalari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Autorambler.

“45 seriyali konsept versiyasidan so‘ng Prophecy paydo bo‘ladi. 45 o‘tgan asrning 70-yillari ruhida jihozlangan, Prophecy esa 30-yillar mashinalari dizaynini o‘zida mujassamlashtirgan. Ikkala avtomobil ham dizayn sohasidagi potensialimizni namoyish etadi”, — deydi San Yup Li.

Ikkala shou-karga ham elektromotorlar o‘rnatilgan. Platfomasi ham umumiy — E-GMP bo‘lib, bu turli o‘lchamdagi avtomobillarni yaratish imkonini beradi. “Bizning avtomobillarimiz shaxmat taxtasidagi donalarni yodga soladi. Ularning barchasi turli ko‘rinishga va funksiyalarga ega, biroq ular birgalikda bir jamoa. Brendning identifikatsiyasi uchun radiator panjarasi va bosh optika bir xil bo‘lishi kerak degan fikrlar bor, ammo bu turdagi stereotiplarni yo‘qqa chiqarmoqchimiz. Shu sababli mashinalar bir-biriga umuman o‘xshamaydi”, — deydi kompaniya vakili.

45 EV hamda Prophecy’ning texnik tavsiflari hozircha oshkor etilmagan. 45 modeli 2020-yil oxiriga qadar taqdim etilsa, sedan 2021-yildan boshlab seriyali ishlab chiqarila boshlaydi.

Mavzuga doir: Internetda saloni baliq tutishga mo‘ljallangan to‘rdan ishlangan Polestar shou-karining tasvirlari paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют